Bugun G‘uzor tumanida «Dolzarb 40 kunlik» tadbiri doirasida tuman hokimi boshchiligida tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman hokimi B.Suyunov tadbirni namunali o‘tkazish va ekilgan daraxt ko‘chatlarni parvarishlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
Shundan so‘ng, mahallalar, ko‘chalar va dala atroflariga mevali va manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari ekildi.